TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Sal oldin Janubiy Koreya, Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi yadro bombasi sinovlaridan so‘ng qo‘shma majlis tashkil qilish talabi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilishgan edi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Pak Kin Xening so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen Inning bu singari hatti-harakatlari shimoliy koreyalik yetakchining "maniakal jinniligidan" darak, xolos.
Garchi Oq uy rahbariyati bo‘lib o‘tgan hodisadan to‘liq boxabar bo‘lsada, ayni vaqtda Amerika rasmiylari bu borada biror izoh berishdan saqlanishmoqda.
Janubiy Koreya hukumati bu yadro sinovlari Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan beshinchi sinov bo‘lganligi haqida bong urishni boshladi. Seul harbiylariga ko‘ra, portlovchi qurilma kuchi 10 kilotonnani tashkil qilgan bo‘lishi mumkin. Bu esa yanvar oyida sodir etilgan 6 kilotonnalik sinovdan deyarli ikki barobar kuchlidir, deya ta’kidlaydi ular.
Janubiy Koreyalik mutaxassislar, shuningdek, bordiyu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topadigan bo‘lsa, bu Shimoliy Koreya tarixidagi eng yirik yadro sinovi sifatida qayd etilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Eng so‘nggi yadro bombasi sinovi Pxenyan tomonidan 6-yanvar kuni o‘tkazilgan edi. Oradan bir oy o‘tib, 7-fevral kuni, Shimoliy Koreya Yerning sun’iy yo‘ldoshini olib chiquvchi raketani uchirdi.
Rezolyutsiyaga muvofiq mamlakatda ballistik raketalarni ishlab chiqarishning har qanday loyihasi ta’qiqlangan.
Pxenyan rasmiylari bu rezolyutsiyani tan olishdan keskin bosh tortmoqdalar. Ular raketalar uchirilishi kosmosda tinch tadqiqot olib borish maqsadida amalga oshirilayotgani, yadro bombalari sinovi esa — AQSh tomonidan olib borilayotgan tajovuzlik siyosatidan o‘zini himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.