O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tkazish tartibi

© Sputnik / RIA NovostiO‘zbekistonda saylov uchastkasi
O‘zbekistonda saylov uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Markaziy saylov qo‘mitasi qaroriga binoan 4-dekabr O‘zbekiston prezidenti saylovi kuni deb belgilandi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston yangi prezidenti saylovi 4-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentlikka nomzod 35 yoshda katta, o‘zbek tilda erkin gapira oladigan, saylovdan oldin O‘zbekiston hududida kamida 10-yil yashab kelgan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak.

Bir nomzod O‘zbekiston prezidenti lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

O‘zbekiston Prezidenti respublika fuqarolari tomonidan umumxalq, teng huquqli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin saylov orqali besh yilga tanlanadi.

1991 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston prezidenti saylovi haqida”gi qonunga ko‘ra, prezident saylovida 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Saylovda faqat qonun tomonidan layoqatsiz deb topilgan va ozodlikdan mahrum qilinib, jazo o‘tash maxsus muassasalariga joylashtirilgan fuqarolar qatnashmaydi.

Saylov o‘tish jarayonini O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ta’minlaydi. Viloyat, tumanlarda mahalliy saylov komissiyalari tashkil qilinadi.

O‘zbekistonda prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish 30-sentabrdan boshlanadi

Prezidentlikka nomzod taklif qilish huquqi Respublikaning barcha siyosiy partiyalarga beriladi.Prezident nomzodini saylovga qo‘yish uchun siyosiy partiya O‘zbekiston Adliya vazirligida saylov kampaniyasi boshlanmasdan olti oy oldin ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Nomzodlar taklif qilish rasman belgilangan saylov kunidan 65 kun oldin boshlanib 45 kun qolganda yakunlanadi. Har bir siyosiy partiyaning oliy boshqaruv organi partiya a’zolaridan yoki hech qanday partiyaga a’zo bo‘lmagan faqat bir nomzod taklif qilishi mumkin. Partiya rahbariyati Markaziy saylov qo‘mitasiga o‘z nomzodini qabul qilish uchun rasmiy murojaatnoma yozishi kerak.

Partiyalar taklif qilgan nomzodlarni O‘zbekistonning kamida 1% saylovchilari qo‘llab-quvvatlashi kerak. Nomzodni qo‘llab-quvvatlayotgan saylovchilar kamida 8 ma’muriy-territorial hudud vakillari bo‘lishi kerak. Nomzodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish saylovdan 35 kun oldin yakunlanadi.

Oldin jinoiy javobgarlikka tortilgan, ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan fuqarolar hamda diniy tashkilot vakillari va diniy arboblari prezidentlikka nomzod bo‘la olmaydi.

Ovoz berish kuni saylov uchastkalari soat 6 dan 20 gacha ishlaydi. Har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, birovning o‘rniga ovoz berish ta’qiqlanadi. O‘zining doimiy yashash joyiga yetib bora olmaydigan saylovchilar vaqtincha bo‘lgan hududda saylovga qatnashishi mumkin. Saylov bulleteni yashirin xonada to‘ldiriladi. Bulleten to‘ldirish vaqti xonada saylovchidan boshqa kishi bo‘lishi ta’qiqlanadi. Saylovchi o‘zi istagan kishi familiyasi qarshisida “+” belgisi qo‘yib bulletenni saylov qutisiga tashlashi kerak.

Ovozlar har bir saylov uchastkasida har bir nomzod uchun alohida hisoblanadi. Keyin ma’lumotlar Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.

O‘zbekiston saylov komissiyasi a’zolari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti saylovlari 4-dekabrda bo‘lib o‘tadi

Saylovda 50% dan ko‘p ovoz olgan nomzod O‘zbekiston prezidenti etib tayinlanadi. Ro‘yxatga olingan saylovchilarning 33% dan ko‘pi qatnashgan hollarda saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Agar nomzodlardan hech kim 50% ovoz to‘play olmasa prezident saylovi qayta o‘tkaziladi. Qayta saylovda qaysi nomzod ko‘p ovoz to‘plasa, o‘sha prezident etib tayinlanadi.

Turli sabablarga ko‘ra prezident sayloviga faqat bir nomzod qatnashib u 50%dan ko‘p ovoz olsa, prezident saylovi bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.

Yangi saylangan nomzod saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin ikki oy ichida prezident lavozimiga kirishishi kerak.

Yangi prezident Oliy Majlis oldida qasamod qilgan zahotidan boshlab o‘z lavozimini o‘tay boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0