TOShKENT, 9 sen — Sputnik. 2016-yilning 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov boshqardi, deb xabar qilingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga, "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida"gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016-yil 4-dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi xabar matnida.
Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilingan. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qilingan.