Moskvada migrantlardan olinayotgan imtihon samarasiz deb topildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigrantlar imtihon topshirish vaqtida
Migrantlar imtihon topshirish vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yilning 1-yanvaridan boshlab FXX (FMS) tomonidan Rossiyaga ishlashga kelayotgan migrantlardan olinayotgan imtihon samarasiz, deb topildi. Maxsus sertifikatga ega bo‘lganlar endilikda qaytadan imtihon topshirishga majbur bo‘ladi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya ta’lim vazirligi Rossiyada yashash va ishlash istagida bo‘lgan chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha yangi va yagona imtihonlar majmuini belgilamoqchi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Mehnat migrantiga eslatma - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari uchun eslatma
Ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik ish beruvchilarning aksariyati 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy etilgan imtihonlar hech qanday samara bermayotgani haqida shikoyat qilgan.

Imtihon topshirib, patent olishga muvaffaq bo‘lgan ko‘plab chet elliklarning keyinchalik rus tilida ba’zo‘r gapirishlari aniqlangan.

Shu bois muassasa xodimlari vijdonsiz imtihon oluvchilarga — 30 mingdan 300 minggacha jarima belgilashni taklif qilishmoqda.

"Sertifikatning o‘zi ham faqat 3-yilgacha amal qiladi, hozirgidek 5-yil emas. Sertifikat olganlar esa qaytadan imtihon topshirishlari lozim", — deya xabar qiladi nashr.

Xabarda ta’kidlanishicha, imtihon topshirishdan faqatgina Belorussya fuqarolari ozod etiladi. Sababi, Minskda rus tiliga ikkinchi davlat tili maqomi berilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Moldoviyadan kirib kelayotganlar ham tez orada imtihonlardan ozod qilinishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0