TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton Moskvaning Amerikadagi saylovlarga aralashishi ehtimoli jiddiy tahdid, ekanligini bildirdi deb xabar beradi RIA Novosti Bloomberg xabariga asosan.
Klintonning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning yordamchilari agarda saylovlar natijalariga ta’sir ko‘rsata olishsa qandaydir foydaga erishishlari mumkin deb hisoblashadi.
Bu tahdidni esa, deydi siyosatchi, “zudlik va ishonch bilan” bartaraf qilish darkor.
Ilgariroq Washington Post gazetasi Amerika maxsus xizmatlari Rossiyaning AQShdagi maxfiy razvedka operatsiyalari izini qidirishayotganini xabar qilgandi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva tomoniga aytilayotgan bunday ayblovlar “mutlaqo tuhmat” ekanligini bildirdi. Vladimir Putin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Rossiyaning Amerikadagi saylov jarayonlariga aralashishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
AQShning yangi prezidenti nomi 8-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi. Klintonning asosiy raqibi respublikachi Donald Tramp hisoblanadi.
AQShning yangi prezidenti nomi 8-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi. Klintonning asosiy raqibi respublikachi Donald Tramp hisoblanadi.