TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Barcha xohlovchilar Islom Karimov dafn etilgan joy va u kishining ota-onasi uyini ziyorat qilishlari mumkin, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Samarqand viloyati hokimligidagi manba.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar va aholi o‘rtasida O‘zbekistonning birinchi prezidenti dafn etilgan joy umumiy ziyorat uchun yopilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Samarqand viloyati hokimligidagi manba ushbu mish-mishlarni inkor etdi.
"Kutishimizcha, yaqin bir necha oy ichida bu joylarni nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa mamlakatlardan ham yuz minglab insonlar ziyorat qiladilar", — deya ta’kidladi u.
Shu bilan birga, hokimlik ma’muriyati vakili odamlarni vaqtinchalik cheklovlarga nisbatan toqatli bo‘lishni chaqirdi.
"Islom Karimov qabrini hukumat delegatsiyalari, xorijiy davlatlarning birinchi shaxslari ziyorat qilishmoqda. Tabiiyki, bunday vaqtlarda qabriston umumiy ziyorat uchun yopiladi, hudud atrofida militsiyalar qo‘yiladi. Ammo delegatsiyalar ketishgach hamd rasmiy tadbirlar tugashi bilan xalq uchun u yer yana ochib qo‘yiladi", — deya ta’kidlagan suhbatdosh.
Islom Karimovning vafotidan so‘ng respublika prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs lavozimiga. mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, parlament yuqori palatasi raisi Nigmatulla Yuldashev tayinlandi.