Jamiyat

Samarqandliklar erta tongdan Islom Karimov qabriga kelishmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dafn marosimi kuni qabristonga, chet ellik delegatsiyalar tufayli, mahalliy fuqarolar kiritilmagan edi, lekin bugun u yer barcha uchun ochiq.

 

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Bugun erta tongdan Samarqandning yuzlab aholisi Oʻzbekiston birinchi prezidenti qabriga tashrif buyurmoqda.

Fotiha oʻqishga keluvchilar soni juda koʻpligi tufayli, Shohi Zinda yonida ular bir soat davomida navbat kutib qolmoqdalar.

Tarixiy maqbaralardan iborat Shohi Zinda majmuasida Oʻrta Asrlar davrida yashagan buyuk mutaffakir va sarkardalar dafn etilgan. Islom Karimovning ota-onasi va akalari koʻmilgan ushbu majmuada yaqinidagi mozorda 1990 yilardan beri dafn qilish taʼqiqlangan edi, lekin Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti uchun ushbu qoidadan mustasno qilindi.

Oʻzbekiston Prezidenti majmuaning eng boshida, 19 asrda qurilgan Xazrat-Xizr masjidining yonida dafn etildi. Masjid Islom Karimov tashabbusi bilan 2006 yilda qayta taʼmirlangan edi.

Islom Karimovning qabri gullarga koʻmilgan, lekin u yerda hozircha hech qanday maqbara yoki unga oʻxshash bino qurilmagan. Ziyoratga kelganlar qabr yonida turgan stullarga oʻtirishadi, mulla fotiha oʻqiyda va barcha Islom Karimov xotirasiga omin qiladi. Keyin navbatdagi guruh keladi. Shu tartibda odamlar uzuluksiz kelmoqda. Kun kechida fotihaga kelganlar soni bir necha ming kishini tashkil qilsa ajab emas.

Koʻp sonli militsiya xodimlari tomonidan xavfsizlik choralari koʻrilgan, kelganlarga suv ulashilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0