O‘rta-To‘qay suv ombori hududida o‘zbekistonlik ushlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishQo‘lga olish jarayoni
Qo‘lga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoidabuzar hududiy militsiya bo‘linmasiga keltirilgan va hozircha nima uchun chegarani noqonuniy kesib o‘tganini izohlagani yo‘q.

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Jalalobod viloyatining Olabuqa tumanida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Jenishbek Razaqovning so‘zlariga tayanib.
Uning aytishicha, qoidabuzar 1-sentabr kuni O‘rta-To‘qay suv ombori hududida ushlangan.

"O‘zbekiston fuqarosi hozircha chegarani nima uchun noqonuniy ravishda kesib o‘tganini izohlagani yo‘q. Unga nisbatan tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda", — ma’lum qildi Razaqov.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov va O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston va O‘zbekiston bosh vazirlari chegara masalalarini muhokama qildilar
Qoidabuzar hududiy militsiya bo‘linmasida saqlanmoqda.

Ilgariroq O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organi xodimi chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun qo‘lga olingandi. Unga nisbatan jarima solingan va qo‘yib yuborilgandi.

Yangiliklar lentasi
0