Moskvada patent olgan 700-minginchi muhojir o‘zbekistonlik bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishKo‘p tarmoqli migratsiya markazi
Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patent Moskvada quruvchi sifatida ishlashga kelgan o‘zbekistonlik Jamshid Shoyimovga topshirildi.

 

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Saxarovodagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazi (MMS)da 2015-yilda ish boshlanganidan buyon ishlash huquqini beruvchi 700-minginchi patent topshirildi, deb xabar berdi Migratsiya markazining matbuot xizmati.

Patent Moskvada quruvchi sifatida ishlashga kelgan o‘zbekistonlik Jamshid Shoyimovga topshirildi. Migratsiya markazi bosh direktori Nikolay Fedoseyevning shaxsan o‘zi unga patentni topshirdi va Rossiya poytaxti haqidagi kitobni sovg‘a qildi.

Toshkent-Moskva poyezdida kelgan yo‘lovchilar - Sputnik O‘zbekiston
Patent uchun to‘lov kamaytirilishi shart - migrant ishchilar kasaba uyushmasi
Bo‘lajak quruvchi patent olish jarayoni tezkor va qulay tashkil etilganligini ta’kidlab, buning uchun Migratsiya markazi xodimlariga minnatdorlik bildirdi. Uning aytishicha, Rossiyaga kelguniga qadar yurtdoshlaridan ishlashga patent olish uchun endilikda vositachining ham, uzoq navbat kutishning ham hojati qolmaganligini eshitgan.

Nikolay Fedoseyev patentga ega bo‘lish shaharda qonuniy ishlash uchun birinchi va muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Bunda o‘z vaqtida patent haqini to‘lab borish judayam muhimdir. To‘lov kechiktirilgan taqdirda Rossiya IIVBBning Moskva bo‘yicha migratsiya masalalari boshqarmasi patentni haqiqiy emas deb topishi mumkin. Muhojirning amalda bo‘lmagan patent bilan Rossiyada bo‘lishi qonunga xilofdir.

 

Yangiliklar lentasi
0