Djabarov: Kubada Islom Karimovni judayam hurmat qilishardi

© Sputnik / Ilyasov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuba O‘zbekiston yetakchisi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakat miqyosida motam e’lon qilgan yagona xorijiy davlat bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi kengashi a’zosi Vladimir Djabarov bir qarashda bir-biridan juda uzoqda bo‘lgan bu ikki davlatni nima bog‘lashini izohladi.

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Kuba o‘rtasida allaqachonlar mustahkam aloqalar o‘rnatilgan, Prezident Islom Karimovni esa Kubaning oliy hukumati hurmat qilardi, deydi Rossiya federatsiya kengashi raisining xalqaro ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Vladimir Djabarov.

Ekspertning fikricha, Kuba hukumati O‘zbekiston Prezidentini 1990-yillarda, uning Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinning ayrim qarashlariga keskin qarshi chiqqan davridan hurmat qila boshlagan. 

"Islom Karimov Boris Yelsinning qarashlariga o‘ta keskin ravishda qarshi chiqqan va e’tirozini ochiqchasiga bildirgan, – deydi Vladimir Djabarov. – Bu esa Yelsin siyosati bilan aksariyat masalalarda kelisha olmagan Kuba hukumatining e’tiboriga tushgan. Rossiyaning birinchi prezidenti parishonxotirligi bilan ajralib turardi. Yarimorol unutilgan, taqdir hukmiga tashlab qo‘yilgandi. Rossiyaning Kuba bilan do‘stligi 2000-yillarga kelibgina qayta tiklana boshladi".

O‘zbekiston Prezidenti esa Kubaga doim iliq munosabatda bo‘lgan, ta’kidladi ekspert va respublikaga muntazam ravishda kubalik mehmonlar tashrif buyurishganini qo‘shib qo‘ydi. Bundan tashqari, kubalik yetakchilarga Islom Karimovning davlat boshqaruv uslubi judayam yoqardi.

"Kuba O‘zbekistonning Ozodlik oroli bilan SSSR davrida o‘rnatilgan mustahkam aloqalarini yodda tutgan holda o‘z birdamligini namoyish etdi, – davom etadi Djabarov. – Biroq Rossiyada motam e’lon qilinmagani Rossiya hukumati Islom Karimovni yetarlicha hurmat qilmaydi degani emas. Har kim o‘z qayg‘usini o‘zicha bildiradi va men bu holatga e’tibor qaratmaslikni so‘rardim. O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaning eng ulkan do‘sti edi. U Rossiya prezidenti bilan ajoyib, judayam samimiy munosabatda edi".

Kuba bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Kubada 5-sentabr motam kuni deb e’lon qilindi
Kubada motam kuni 5-sentabr ertalab soat 6.00da boshlandi va yarim tunga qadar davom etadi. Mamlakatdagi barcha tashkilotlar va harbiy muassasalar binolarida bayroqlar tushiriladi.

Prezident Islom Karimov 2-sentabr kuni vafot etdi va ertasi kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand shahrida dafn etildi. 3-sentabrdan 5-sentabrga qadar butun O‘zbekistonda motam e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0