Kubada 5-sentabr motam kuni deb e’lon qilindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishKuba bayrog‘i.
Kuba bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuba davlat kengashi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan rasmiy motam e’lon qildi.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Kuba davlat kengashi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan rasmiy motam e’lon qildi, deb xabar beradi Novosti Uzbekistana ushbu mamlakat hukumati portalidagi xabarga asoslanib.

Rasmiy motam 5-sentabr dushanba kuni ertalab soat 6.00da boshlanadi va shu kun yarim tunda nihoyasiga yetadi. Motam kunida mamlakatdagi barcha davlat tashkilotlari va harbiy muassasalari binosida bayroqlar tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Davlat rahbarini dafn etish marosimi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. 3-sentabrdan 5-sentabrgacha O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0