Islom Karimovning dafn marosimiga xorij davlat rahbarlari yetib kelishmoqda

© TROLL.UZToshkent Islom Karimovni so‘nggi manzil tomon kuzatmoqda
Toshkent Islom Karimovni so‘nggi manzil tomon kuzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Samarqandga Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari, Xitoy, Janubiy Koreya va Ukraina Bosh vazir o‘rinbosarlari yetib kelishgan.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘n yetti mamlakat delegatsiyalari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn marosimida ishtirok etadilar, deb xabar qilmoqda Respublika Vazirlar Mahkamasining vakili.

O‘zbekiston hukumati kuni kecha Respublika Prezidenti 78 yoshda vafot etgani haqida xabar qilgan edi. Bugundan boshlab O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qiligan. Prezidentning dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha tashkil qilingan Davlat Komissiyasi Islom Karimov o‘z ona shahri Samarqandda dafn etilajagini ma’lum qildi.

"O‘n yetti davlat delegatsiyalari dafn marosimida ishtirok etish uchun keldilar, marosim uchun hammasi tayyor. Tadbir soat 12da boshlanadi", — deya aniqlik kiritdi agentlikka suhbatdosh.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Samarqandga Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari, Xitoy, Janubiy Koreya va Ukraina Bosh vazir o‘rinbosarlari yetib kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0