TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qirg‘iziston bilan bahsli Ungar-Too uchastkasida o‘z xodimlari sonini ko‘paytirdi, deb xabar berdi RIA Novosti Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining matbuot xizmati xabariga tayanib.
Ilgariroq Qirg‘iziston chegara xizmati Qirg‘iziston retranslyator minorasi joylashgan Ungar-Too hududiga vertolotda O‘zbekiston IIV xodimlari kelib tushganini ma’lum qilgandi. Shuningdek stansiyaning to‘rt nafar xodimi qo‘lga olinib O‘zbekistondagi Yangiqo‘rg‘on tumani IIBga olib kelingani aytilgandi.
Chegarachilarning ma’lumot berishlaricha, O‘zbekiston davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarini vaqtincha yopgan. Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qo‘riqlashning kuchaytirilgan tartibiga o‘tishgan.
"Bugun, 2-sentabr kuni Ungar-Tooga O‘zbekiston Respublikasi IIV xodimlari shaxsiy tarkibini almashtirish uchun O‘zbekistonga qarashli ikkita Mi-8 vertoloti kelib qo‘ndi va kanistrlarda ichimlik suvi keltirdi. Ayni vaqtda Ungar-Toodagi xodimlar soni 15-20 nafarni tashkil etadi", – deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati tomonidan.