TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘limi — bu nafaqat barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari, balki, butun jahon hamjamiyati uchun ulkan yo‘qotishdir, — deya ta’kidladi Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko.
O‘zbekiston hukumati juma kuni kechqurun mamlakat Prezidenti 78 yoshida vafot etgani haqida e’lon qilgan edi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi. Islom Karimovning qat’iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g‘oyat murakkab va mas’uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko‘rmasdan eson-omon o‘tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq.
Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo‘lboshchisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov.
Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov shu yil 3-sentabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016-yil 3-sentabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Biz barchamiz uchun o‘ta og‘ir judolik munosabati bilan marhumning oila a’zolari va butun O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz", — deyildi xabarda.