Sukut, ko‘z yoshlar va gullar: Toshkent Prezident bilan vidolashdi

Obuna bo‘lish
Soat 8.00da poytaxt ahli O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bilan vidolashish uchun prezident trassasida to‘plandi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston ahli shanba kuni o‘zining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashdi.

Janubiy aeroport tomon eltuvchi prezident trassasida minglab odamlar to‘plandi. Odamlar tong sahardan bu yerga kela boshlagan edilar. Juda ham ko‘p odam to‘plandi, ayniqsa, yoshlar ko‘p bo‘ldi. O‘z prezidentini so‘nggi manzilga kuzatar ekan, hech kim ko‘z yoshini yashirmadi, hatto huquq-tartibot organlari ham…

Prezident trassasi gullarga ko‘mildi.

"Xalq o‘z Prezidentini so‘nggi manzilga kuzatgani keldi, — deb gapirdi yig‘ilganlardan biri. — Hammaning ko‘zida yosh. Metroda kelayotib kuzatdim — hech kim bir og‘iz ham gapirmadi. Hammaning kayfiyati tushkun. Odamlar tong sahardan ko‘chalarga chiqqan. Shunday buyuk inson endi yo‘qligiga ishongimiz kelmayapti… Ilohim joylari jannatda bo‘lsin!"

Ijtimoiy tarmoqlarda Yurtboshimizni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi tasvirlangan lavhalar joylashtirilmoqda. Xalq o‘z Prezidentini qanchalar ardoqlashi, qanchalar sevishini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida Toshkent shahrida insult tufayli olamdan o‘tdilar. Prezidentimizning xotirasi qalbimizda abadiy saqlanib qolajak…

Yangiliklar lentasi
0