Samarqand aeroporti shanba kuni parvozlar uchun yopiq bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Mazkur cheklov shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00.01dan 3-sentabr 23.59gacha amal qiladi.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Samarqand aeroportida shanba kuni barcha parvozlar bekor qilinadi, deb xabar beradi RIA Novosti, AQSh fuqaro aviatsiyasi (FAA) boshqarmasining uchuvchilarga bergan xabarnomasiga (NOTAM) asoslanib.

Samarqandda xavfsizlik choralari kuchaytirildi
"Aeroport ushbu sanaga belgilangan rasmiy parvozlardan tashqari barcha qo‘nuvchi va uchib ketuvchi samolyotlar uchun yopiladi. Ushbu kunga belgilangan barcha ruxsatnomalar bekor qilinadi", — deyiladi AQSh fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi saytida.

Mazkur cheklov shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00.01dan 3-sentabr 23.59gacha amal qiladi.

Samarqand O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tug‘ilgan shahar hisoblanadi.

Juma kuni ertalab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Islom Karimovning ahvoli og‘irlashganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Reyter agentligi nomi aytilmagan manbalarga asoslanib O‘zbekiston Prezidentining vafoti haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston hukumati ushbu xabarni izohlamadi. Bu borada hech qanday rasmiy xabar berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0