TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Xitoyda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yaqin vaqt ichida o‘z ish rejasini o‘zgartirmoqchi emas, — deb xabar berildi mamlakat rahbarining matbuot xizmatida.
Ilgariroq Reyter agentligi manbalarga tayangan holda Nazarboyev shanba kuni O‘zbekistonga safar qilishini ma’lum qilgandi.
"Prezident matbuot xizmati shuni ma’lum qiladiki, ayni vaqtda mamlakat rahbari G-20 sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurgan. Prezidentning ish rejasida yaqin vaqt ichida o‘zgarishlar bo‘lishi rejalashtirilmagan", — deyiladi matbuot xizmatining Facebookdagi sahifasida.