Donald Tramp O‘zbekistonni terrorchi-davlat deb atadi

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishAQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchi Donald Tramp Men shtatida o‘tkazilgan miting davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida (boshqa bir nechta davlatlar fuqarolari qatorida) o‘zbekistonliklarni ko‘rishni istamasligini aytgan va yig‘ilganlardan O‘zbekiston qayerda joylashgan o‘zi deya savol bergan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Men shtatidagi mitingda chiqishi vaqtida O‘zbekistonni terrorchi-davlatlar safiga qo‘shgan, deb xabar qilmoqda The Washington Post.

Amerika milliarderi va teleboshlovchi Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, siyosatchi AQShga qonuniy ravishda kirib kelgan immigrantlar, qochqinlar va talabalar haqida bir qancha misollar keltirib, "ularning ba’zilari fuqarolikka ega bo‘lish maqsadida kelishgan, lekin oxir-oqibat amerikaliklarni o‘ldirishni xohlab qolishgan", — deya aytgan.

Tramp AQShda qabul qilishni istamaydigan mamlakatlar orasida o‘zbekistonliklarni ham aytib o‘tgan (shu bilan birga to‘planganlarga u qayerda joylashgan o‘zi, deya savol bergan).

"Biz terrorchi-davlatlar fuqarolariga AQShga kirib kelishga ruxsat berdik, bunday qilmaslik kerak edi, chunki siz ularni tekshirib ko‘ra olmaysiz. Ularning ishonchlilik darajasini aniqlashning imkoni yo‘q. Ular kimligi haqida biror tushunchaga ega emassizlar. Ular hamma vaqt ulkan "troyan oti" bo‘lib chiqishi mumkin", — degan Tramp.

Terrorchi-davlat "unvoni" O‘zbekistondan tashqari Pokiston, Afg‘oniston, Suriya, Marokash, Fillippin, Yaman va Somaliga nasib etgan.

Yangiliklar lentasi
0