Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentiga mustahkam sog‘lik tiladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov uchrashuvi
Rossiya prezidenti V. Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Prezident Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda.

TOShKENT, 1 sent — Sputnik. Tabriknomalarda O‘zbekiston prezidentiga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan, deb xabar qiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Hindiston prezidenti Pranab Mukerji (o‘ngda) - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston prezidenti Islom Karimovni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida shunday deyiladi:

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining 25-yilligi bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi.

O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori benihoya yuqoridir.

Do‘stlik va o‘zaro hurmatning ezgu an’analariga tayanuvchi davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanib bormoqda. Ishonchim komilki, biz o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham barcha yo‘nalishlarda mustahkamlab, dolzarb xalqaro masalalarni yechishda sa’y-harakatlarimizni samarali ravishda muvofiqlashtirib boraveramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo mamlakatlari rahbarlari Islom Karimov nomiga samimiy qutlovlarni yo‘llashmoqda

Bu Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va ravnaq tilayman.

Ehtirom ila, Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti".

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llashgan:

Buyuk Britaniya Qirolichasi – Elizaveta II

Yaponiya Imperatori – Akixito

Belgiyaliklar Qiroli – Filipp

Fransiya Respublikasi Prezidenti – Fransua Olland

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri – Binali Yildirim

Chexiya Respublikasi Prezidenti – Milosh Zeman

Slovakiya Respublikasi Prezidenti – Andrey Kiska

Bolgariya Respublikasi Prezidenti – Rosen Plevneliyev

Malayziya Qiroli – Abdul Xalim Muadzam Shoh Yang di-Pertuan Agong XIV

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik Tashkiloti Ijroiya Qo‘mitasi Raisi – Mahmud Abbos

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti – Abdul Hamid

Isroil Davlati Prezidenti – Reuven Rivlin

Singapur Respublikasi Prezidenti – Toni Tan Keng Yam

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri – Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Belgiya parlamenti Vakillar palatasi raisi – Zigfrid Brake

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi – Rashid Alimov

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori – Evgeniy Sisoyev

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti – Siril Muller

Moskva va Butun Rossiya Patriarxi – Kirill

Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo Mitropoliya okrugi rahbari – Vikentiy

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0