Hindiston prezidenti Islom Karimovni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishHindiston prezidenti Pranab Mukerji (o‘ngda)
Hindiston prezidenti Pranab Mukerji (o‘ngda) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pranab Kumar Mukerdji shuningdek, o‘zbek yetakchisiga mustahkam sog‘lik tiladi. shuningdek, o‘zbek yetakchisiga mustahkam sog‘lik tiladi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni Mustaqillik kuni bayrami bilan tabrikladi va o‘zbek rahbariga mustahkam sog‘lik tiladi.

"Men bu imkoniyatdan foydalanib, Siz, Hazratiy Oliylariga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyat, butun O‘zbekiston xalqiga esa uzluksiz taraqqiyot va farovonlik tilayman", — deyiladi tabrik matnida.

Mukerji, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidasi strategik aloqalar kelgusi yillarda ham rivojlanishda davom etishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati yakshanba kuni Islom Karimov statsionar davolanishga yotqizilgani, va bu "ma’lum vaqtni olishi" haqida xabar tarqatgan edi. Dushanba kuni ertalab Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida Prezident miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizilganini, ammo u kishining holati bir xilda ekanligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0