Atambayev: sobiq prezidentlar qirg‘izlarga tegishli yerlarni qo‘shni davlatlarga tarqatib chiqqan

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari xalqimiz har doim o‘ziniki deb hisoblab kelgan yerlarni qo‘shni mamlakatlar egalik qilishlariga yo‘l qo‘yishgan, deya bayonot qildi Atambayev.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdullayev hamda prezident devoni tashqi siyosiy bo‘limi rahbari Sapar Isakovni o‘z huzuriga chorlab, ular bilan davlat chegarasi bo‘yicha shartnomalar masalasini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati.

Qirg‘izistondagi Kerben 24-radioreley tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston 7 o‘zbek militsioneri vertolotda Unqur toqqa qo‘ngani haqida bong urmoqda
"Uchrashuv davomida Atambayevga mamlakat tashqi siyosiy faoliyati haqida to‘liq axborot berildi. Bundan tashqari tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Shuningdek, milliy manfaatlarni himoya qilish, shu jumladan, chegara xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Qirg‘iziston tashabbuslari targ‘iboti xususida ma’lumotlar taqdim etildi", — deyiladi xabarda.

"Sobiq prezidentlar va yuqori lavozimlarni egallagan mansabdor shaxslar azal-azaldan qirziz xalqi o‘ziniki deb bilgan yerlarga qo‘shni davlatlar egalik qilish huquqini tan olib kelishgani to‘g‘risidagi faktlar vaqti-vaqti bilan yuzaga qalqib chiqmoqda. Bunday "yon berish"lar haqidagi ma’lumotlarni korchalonlar yaxshilab yashirib kelganlar, shu bois bu singari ma’lumotlardan nafaqat xalq, balki mamlakatning amaldagi rahbariyati, shu jumladan prezident ham xabardor bo‘lmagan", — deb aytgan Atambayev.

"Xalq Qirg‘izistonning qonuniy vakillari hisoblangan shaxslar tomonidan imzolangan barcha "kelishuv"lardan voqif bo‘lmog‘i shart", — deya qo‘shimcha qilgan Atambayev.

Qirg‘iziston prezidenti, shuningdek, "garchi bu hujjatlar ratifikatsiya qilinmagan va qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa-da, xalqaro huquq normalariga muvofiq ular kelajakdagi barcha kelishuvlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi va milliy manfaatlarga erishishda katta to‘siq bo‘lishi"ni aytgan.

Muzokara yakunida Atambayev hukumatga va bevosita TIV rahbariga xalqaro shartnomalar va bitimlar, shuningdek, qirg‘izistonlik mansabdor shaxslar tomonidan ayniqsa, chegara masalalari bo‘yicha imzolangan protokollar va memorandumlarni chuqur taftish qilishga topshiriq bergan.

Yangiliklar lentasi
0