TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Jumladan, tahririyatimizga o‘zini Prezidentning shogirdi deb tanishtirgan toshkentlik Anvar aka Shukurov noma yo‘llaganlar.
"Mening ustozim, O‘zbek xalqining Otasi, yurtboshimiz, muhtaram Prezidentimiz xurmatli Islom aka Karimovga sixat-salomatlik tilayman. Ilohim tez orada oyoqqa turib ketsinlar!
Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 25-yilligi bilan yurtboshimizni chin dildan tabriklayman! Davlatimizning keyingi 25-yillik hayotidagi ulug‘ ishlarda ham o‘zlari bosh–qosh bo‘lishlarini tilab qolaman!
Yana qayda yashash mumkin emin–erkin,
Shu o‘lkadek tinch mamlakat qay yerda bor,
Kerak bo‘lsa mening umrim qo‘shib bergin,
YuRTBOShIMNI OMON ASRA PARVARDIGOR!"
Shukurov Anvar Ismatovich, nafaqaxo‘r
Toshkent, 2016-yil 30–avgust