Prezident haqida yolg‘on mish-mish tarqatgan kishi bozorda “butilkabo‘ron” qilindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishIslom Abdug‘aniyevich Karimov, O‘zbekiston Prezidenti
Islom Abdug‘aniyevich Karimov, O‘zbekiston Prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari, Islom Karimov sog‘ayib ketishiga chin dildan ishonishib, turli mish-mishlar tarqalishiga astoyidil qarshilik qilishmoqda.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston aholisining aksariyati, Prezident haqidagi xunuk xabarlarga ishonmasdan, Mustaqillik kuni Islom Karimovning, hech bo‘lmasa shifoxona to‘shagidan aytgan, tabrik so‘zlarini kutmoqda, deb xabar qiladi Sputnik muxbiri.

Bugun 30-avgust kuni Sputnik muxbiri Toshkentning eng gavjum choyxona va bozorlarida bo‘lib, xalq orasidagi kayfiyatu fikrlar bilan tanishdi

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovga tilak: Yurtboshimiz to‘rt muchasin but qil yana!

Erkaklarini, asosan mamlakat kelajagi qiziqtiradi, albatta, lekin hamma bir ovozdan “bobo”, ko‘pchillik Prezidentni hurmat bilan shunday deb ataydi,  amalga oshirgan xayrli ishlarini hurmat bilan eslashdi. Shunday ishlardan biri 1990-yillar boshida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda “bobo”ning bir o‘zi, bor-yo‘g‘i ikki tana qo‘riqchisi bilan birgalikda, qo‘zg‘olon boshlanayotgan Farg‘ona vodiysiga borib, aholini tinchlantirib qaytgan edi.

“U paytlar vaziyat qiyin edi, yangi tug‘ilgan mamlakat zaifligidan foydalangan banditu terrorchilar,  turli yo‘nalishdagi islomchilar paydo bo‘lib, hokimiyatni egallab olishga uringan edi, lekin Islom Abdug‘aniyevich bunga yo‘l qo‘ymadi. Hamma narsani jamlab, xalqqa berdi. Endi biz hududdagi eng tinch mamlakatmiz, Ilohim sog‘ bo‘lsinlar”, — deydi Sharif aka.

Uning so‘zlariga qaraganda, Islom Karimov tufayli mamlakatda, “urush” so‘zini bilmaydigan,  yangi avlod o‘sib ulg‘aydi, mustahkam davlat tizimi yaratildi.

“Biz o‘z tinch va osoyishta hayotimizni, “bobo” vafot etishini kutayotgan, turli fikri buzuqlarga berib qo‘ymaymiz. Endi bizning ko‘zimiz ochiq. Bizga hech qanday rangli revolyutsiyalar kerak emas”, — deb so‘zini davom ettirdi Sharif aka.

Toshkent, odatdagidek, Mustaqillikning 25-yilligini nishonlashga tayorgarlik ko‘rmoqda. Fuqarolarning ko‘pi, Islom Karimov, shifoxona to‘shagidan bo‘lsa ham, Mustaqillik bilan yana bir bor xalqni tabriklashini, mo‘’jiza kutgandek kutmoqda.

Dmitriy Peskov. - Sputnik O‘zbekiston
Kreml O‘zbekiston bilan muntazam aloqada ekanligini ma’lum qildi

“To‘g‘risini aytsam, hozir Internetdagi xabarlarni o‘qish juda qo‘rqinchli. Chet el saytlarida yolg‘on-yashiqlarni yozib, allanimalarni bashorat qilishmoqda. Kimdir Toshkentga tanklar kirib keldi desa, boshqasi 60 nafar jangari chegarani kesib o‘tganini xabar qiladimi-yey… Bizda bo‘lsa hamma yoqda tinchlik, shahar oldingidek osoyishtalik bilan Mustaqillik kuniga tayyorganlik ko‘rmoqda. Hech qanday qurolli kuchlar kiritilgani yo‘q. Biz faqat, mo‘’jiza yuz berib, Prezident biz bilan bayramni birga kutib olishini istaymiz”, — deydi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotgan talaba, Madina.   

Toshkent bozorlarida ham hayot qaynamoqda. Gavjum joylardan birida biz shunday voqea guvohi bo‘ldik. Bozorga kelgan odamlardan biri baland ovozda “kecha tun soat 2da Islom Karimov vafot etganini aniq bilaman” deb gapira boshlagan edi yaqin atrofdagi sotuvchilar unga suvdan bo‘shagan butilkalarni va qo‘l ostida bo‘lgan boshqa buyumlarni uloqtirishdi. Keyin esa, “Agar yana bir marta shunday gaplarni

O‘zBekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident apparati: Islom Karimov stabil holda
aytsang —   oyog‘ini sug‘urib olamiz”, deb po‘pisa qilishdi. Islom Karimov xalq orasida ana shunday hurmatga ega, buni  hech qanday ijtimoiy so‘rovlarsiz tushunsa ham bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi barcha o‘zbek guruhlarida Islom Karimovni yaxshi niyatlar bilan qo‘llab-quvvatlash mavzulari ochilgan. Ayrimlar hammadan Prezidentga sog‘liq tilab duo qilishni so‘rashmoqda.

“Har bir tuman, har bir ko‘cha va har bir oiladan hech bo‘lmasa bir kishi Islom Karimovga chin dildan Ollohdan sog‘liq tilab duo qilsa, ko‘pchillikning niyati ijobat bo‘lib, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deb umid qilishmoqda ular.

Hech kim bu dunyoda abadiy emas, buni hamma tushunadi, albatta. Shunga qaramasdan odamlar vahimaga tushayotgani yoki yoppasiga O‘zbekistonni tark etishni xayol qilayotgani yo‘q. Islom Karimovning 26-yillik faoliyati davomida yaxshi ishlaydigan davlat tizimi tashkil etilgan. Ushbu tizim bundan keyin ham benuqson ishlashiga fuqarolar ishonadi.

Yangiliklar lentasi
0