TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va parlament palatalari vakillari chorshanba kuni Mustaqillik maydonidagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydilar, deb xabar berdi parlament vakili.
Sal oldin o‘zbek OAVlari Respublika vazirlar mahkamasi tomonidan e’lon qilingan Islom Karimov statsionar davolanishda ekanligi haqidagi xabarini tarqatishgan edi. Xabarda davolanish "ma’lum vaqtni" olishini aytilgan edi.
"Gulchambar qo‘yish tadbirida O‘zbekiston Bosh vaziri, hamda ikkala parlament spikerlari ishtirok etdilar", — deya aniqlik kiritdi suhbatdosh.
Kuni kecha RIA Novosti axborot agentligi O‘zbekiston rasmiylaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda 31-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan rasmiy tantanalar qoldirilgani haqida xabar tarqatgan edi.
Biroq, bunga qaramay 1-sentabr kuniga belgilangan bayramona tadbirlar va xalq sayllari Toshkentda, shuningdek, viloyat markazlari va shaharlarda bo‘lib o‘tadi. Bu yil, Karimovning qaroriga muvofiq Mustaqillik kuni uch kun nishonlanadi — dam olish kuni yakshanba, 4-sentabrdan jumaga ko‘chirilgan.