Manba: Mustaqillik bayramida O‘zbekiston xalqini Shavkat Mirziyoyev tabriklaydi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Respublika Mustaqilligining 25-yilligiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Prezidentning betobligi tufayli tadbir haqida turli xabarlar e’lon qilinmoqda, ammo bayramning bekor qilingani haqida rasman e’lon qilingani yo‘q.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti bilan bog‘liq so‘nggi noxush xabarlarga qaramay, O‘zbekiston mamlakat Mustaqilligining yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Toshkent hokimligi barcha bayramona tadbirlar reja bo‘yicha bo‘lib o‘tishi haqida xabar qildi.

Sputnik O‘zbekiston nashriga ishonchli manba asosiy tadbirlar 1-sentabr kuni o‘tkazilishi haqida xabar qildi. Ammo bu galgi tantanalarda xalqqa prezident emas, balki mamlakat Bosh vaziri murojaat etishi qo‘shimcha qilinmoqda.

"Bayram tadbiri 1-sentabrda bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan. Bu xabarni hozircha hech kim rasman rad etgani yo‘q. Katta tadbirda bu yil O‘zbekiston Bosh vaziri so‘zga chiqib, xalqni tabriklashi aytilmoqda", — deb xabar qildi Sputnik O‘zbekistonga vaziyat yaxshi tanish bo‘lgan manba.

Yangiliklar lentasi
0