TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov Bishkekdagi Xitoy elchixonasi hududidagi portlashni hudkush-terrorchi amalga oshirganini bildirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Portlash XXR elchixonasi binosi darvozasi oldida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10da sodir bo‘lgan. Respublika sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, voqea joyida bir kishining jasadi topilgan, elchixonaning ikki xodimi yaralangan.
"Hudkush-terrorchi halok bo‘lgan. Elchixona soqchilari jarohatlangan. Ular Qirg‘iziston fuqarolari”, — deyiladi xabarda.