TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Portlash seshanba kuni Bishkekning janubiy qismi — Xitoy elchixonasining oldida ro‘y berdi. Hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Vozle kitayskogo posolstva. Foto s dizelya. pic.twitter.com/txOHspbMko
— Nigger Nietzschebrod (@sorok_dva) 30 avgusta 2016 g.
Xabarda yozilishicha, portlash ovozi janubiy poytaxt bo‘ylab jarang topgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hozirdanoq portlash haqida yoza boshladilar.
"Yaxshigina portladiyu. Qayerda yuz berdi? AQSh elchixonasidami?", deb yozgan Nigger Nietzschebrod ismli foydalanuvchi.
"Portlash juda kuchli bo‘ldi, uyimning oynalari zirqirab ketdi", — degan javoban Calculatrice niki ostidagi foydalanuvchi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash ro‘y bergan hudud kuch ishlatish organlari xodimlari tomonidan o‘rab olingan.
Qirg‘iziston Respublikasi FVV ma’lumotiga muvofiq, shaharning Xitoy elchixonasi joylashgan qismidagi bir binodan tutun chiqmoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.