TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Moskva O‘zbekiston bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi, xususan diplomatik kanallar va idoraviy kanallar orqali, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
"O‘zbekiston bilan muntazam aloqadamiz – diplomatik kanallar orqali ham, boshqa idoraviy kanallar orqali ham. Bizning o‘zaro ikki tomonlama munosabatlarimiz to‘laqonli ravishda yo‘lga qo‘yilgan", — dedi Peskov jurnalistlarning savollariga javob qaytararkan.
Ilgariroq O‘zbekiston rasmiy OAV Vazirlar Mahkamasining Prezident Islom Karimov statsionar davolanishda ekanligi haqidagi xabarini tarqatgan edi. Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida otasining miyasiga qon quyilishi sababli kasalxonada ekanligini, uning ahvoli barqaror ekanligini ma’lum qilgandi.