Islom Karimov bemorligi oqibatlari: saylovlar, ison yoxud rangli inqilob

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy qarorgohi
Oqsaroy qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov miyasiga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyada yotibdi, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Butun mamlakat davlat rahbarining yana televizor ekranlarida ko‘rinish berishini intizorlik bilan kutmoqda – Prezident sog‘ligining yomonlashishi jiddiy siyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Yaqin kunlarda O‘zbekistonda na referendum, na muddatidan oldingi saylovlarni kutish mumkin, deydi Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti Ajdar Kurtov. Aniqrog‘i, davlat yetakchisining sog‘ligi yomonlashadigan bo‘lsa davlat rahbari vazifasini bajaruvchi tayinlanadi.

Siyosatchi Islom Karimovning sog‘ligi birinchi marta yomonlashmayotganini, lekin ilgari bunday xabar shifokorlar orasidagina tarqalgani – Prezident salomatligi tiklanib yana o‘z  vazifasini bajarishga kirishganini eslatdi. Hozir esa vaziyat boshqacha — Islom Karimovning sog‘ligi yomonlashgani haqida rasmiy manbalar ma’lum qildi.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizildi
"Men u kishiga salomatlik tilayman va bu safar bizni boshqacha yakun kutapti deb ta’kidlash mumkin emas. Lekin Islom Karimovning ahvoli og‘irlashib davlat rahbari vazifasini bajara olmaydigan bo‘lsa O‘zbekistonni jiddiy siyosiy o‘zgarishlar kutishi va sovet davri oxiridagi vaziyat qaytarilishini kutish mumkin", – deydi Kurtov.

Ison va norozilik namoyishlari

Karimovning siyosiy muxoliflarida ison, inqilob va faol ijtimoiy noroziliklar orqali vaziyatni o‘zgartirish xohishi tug‘ilib qolishi ehtimoli bor. Kurtov sovet davri oxiridagi vaziyat takrorlanishi mumkinligini istisno etmayapti.

"1990 yillar boshida O‘zbekistonda, xususan Farg‘ona vodiysida islom radikallari bosh ko‘tarishi bilan bog‘liq jiddiy hodisalar yuz bergandi. Bundan tashqari, Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat yaxshi emas. Hamma narsa bo‘lishi mumkin", – dedi ekspert.

1990 yildan buyon davlat rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Islom Karimov prezidentlik boshqaruvining qat’iy rejimini o‘rnatgan va o‘ta muhim masalalarni o‘z zimmasiga olgandi. Agar Prezident biror sabab tufayli hokimiyatdan voz kechadigan bo‘lsa, shu zahoti iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Turkmaniston yo‘li

Ammo hokimiyatg tinchgina “qo‘ldan qo‘lga” o‘tishi ham mumkin. Qo‘shni Turkmanistonda birinchi prezident Saparmurat Niyozovning kutilmagan o‘limidan so‘ng ekspertlar mamlakat fuqarolar urushi ichida qolishini taxmin qilishgandi. Biroq bunday bo‘lmadi.

"Turkmanistonning siyosiy amaldorlari bir-birlari bilan kelishish uchun kuch topa olishdi. Amaldagi Konstitutsiya buzilishi yuz berdi, lekin mamlakatda na ison, na urush, na inqilob sodir bo‘ldi, – eslatadi Kurtov. – O‘zbekiston ham shu yo‘ldan borishi mumkin. Aniqrog‘i, siyosiy rahbariyat o‘zaro kelishadi".

Siyosatshunosning fikricha, Toshkentdagilar yaxshi urushdan ko‘ra yomon tinchlik yaxshiroq ekanligini tushunishadi. Harbiy yoki fuqaroviy nizolarni kutishning keragi yo‘q. Buning ustiga, davlatning birinchi rahbari bo‘lish istagidagilar maqsadlariga erishish uchun barcha resurslarini ishga solishlari va mag‘lub bo‘lgan taqdirda garovga hayotlarini tikishlari lozim bo‘ladi.

"Unchalik qonuniy bo‘lmagan voris"

Kurtov agar Islom Karimov o‘z lavozimidan voz kechsa ma’lum bir davrdan so‘ng saylovlar bo‘lib o‘tadi deb hisoblaydi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bunday yo‘l judayam demokratik bo‘lmasa ham, aqlli yo‘l hisoblanadi, zero bu davrda “unchalik qonuniy bo‘lmagan voris” tayinlanadi. “Siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish” amalga oshiriladi – saylovlarga qadar “kerakli shaxslar” lavozimlarni egallashadi.

Moskva, Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Kreml rasmiylari: Islom Karimovning betobligi tufayli chuqur taassufdamiz

"Osiyo mamlakatlarida saylovlar yevropaliklar o‘rganib qolgan saylovlardan keskin farq qiladi, – davom etadi siyosatshunos. – Albatta Islom Karimovning vorislari bor. Bular kuch strukturalari va biznes. Hammasi qiyin vaziyatda kuch, media, moliya va ma’muriy resurslarni kim nazorat qilishiga bog‘liq".

Ekspert O‘zbekiston Prezidenti qizlarini Sharqda “davlat rahbari erkak emas, ayol kishi bo‘lishini yaxshi qabul qilmasliklari” nuqtayi nazaridan vorislikka da’vogar deb qaramaslik kerakligini aytdi.

Rangli inqilob

Xalqaro ekspert Aleksey Martinov hozirda O‘zbekistonning ichki ishlariga xorijlik kuchlarning aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini, chunki bunday hol rangli inqilobga olib kelishi va butun hududda vaziyatning izdan chiqishiga olib kelishi mumkinligini aytdi. Prezident hokimiyatni kimga topshirishi esa keyingi masala.

O‘n bir yil ilgari aynan Islom Karimov Andijonda akromiylar harakati tomonidan hokimiyatni egallashga urinishni yo‘qqa chiqargandi. “Sher bemor” bo‘lganida ushalmagan niyatini amalga oshirishga urinmoqchi bo‘lganlar topiladi.

"Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyat keskinlashishi mumkin. Biz bundan o‘n yil ilgarigi rangli inqiloblar to‘lqini yuzaga keltirgan beqarorlikning barcha omillarini ko‘rishimiz mumkin, ta’kidladi siyosatshunos. – O‘zbekistonda inqilob uyushtira olishmadi, chunki uning rahbari barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Hozirda o‘sha ishni yana amalga oshirish orzusi paydo bo‘lishi mumkin. Afsuski, bunday xavf mavjud".

O‘zbekiston dunyoviy davlat va hokimiyat demokratik yo‘l bilan saylanadi. O‘zbekiston yetakchisining salomatligi yomonlashadigan bo‘lsa hokimiyatni kim egallashini o‘zbek siyosiy doirasi hal qiladi.

"ShHT, YeOIH, Bojxona ittifoqi va KXShT kabi tashkilotlar O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlarga munosabat bildirishlari muhim. Bu savol bugun kun tartibida turibdi, – dedi siyosatchi. – O‘zbekiston Rossiya bilan umumiy geosiyosiy makonda turadi va ushbu hududda vaziyatning keskinlashuvi hech kimga kerak emas. Hozir esa gapirish emas, kuzatish lozim".

Yangiliklar lentasi
0