TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Bugun AQSh davlat kotibi Kerri va Rossiya TIV rahbari Lavrov Jenevada Suriya bo‘yicha nafbatdagi muzokaralar raundini boshladilar.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Rossiya va Amerika diplomatlariga Suriyada siyosiy jarayonni qanday yangilash borasida o‘z fikrini aytish uchun Jenevaga yetib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lavrov va Kerri Suriyada tinchlik tartibini ushlab turish va siyosiy jarayonni ishga tushirish masalalarini ko‘rib chiqadilar. Tomonlar Turki-Suriya chegarasida rasmiy Anqara tomonidan amalga oshirilgan operatsiya masalasini ham ko‘rib chiqishlari ehtimoldan holi emas.