Islom Karimov huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

Obuna bo‘lish
Prezident huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirish,milliy manfaatlarni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash borasida fidoyilik ko‘rsatgan yuzdan ziyod kishini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Toshkent Olimpiya jamoasini kutib olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov turli soha ilg‘orlarini mukofotlash haqida qaror imzoladi
Hujjatda qayd etilishicha, ular huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun uchun mukofotlanadi.

Farmonga muvofiq, ular tegishli tarzda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni, II darajali «Shon-sharaf» ordeni, «Do‘stlik» ordeni, «Mardlik» ordeni, «Jasorat» medali, «Sodiq xizmatlari uchun» medali, «Shuhrat» medali bilan taqdirlanadi.

Yangiliklar lentasi
0