Ramzan Qodirov Putinga axborot berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishChecheniston rahbari Rossiya prezidenti bilan uchrashdi
Checheniston rahbari Rossiya prezidenti bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni "respublikamizda terrorchilik xarakteriga ega og‘ir jinoyatlar yo‘q", deya ishontirdi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov prezident Vladimir Putinga regiondagi ahvol haqida axborot berdi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov: do‘stlarimdan menga rost gapirishlarini va men uchun o‘ch olishlarini so‘rayman
"Respublikada vaziyat barqaror, tartib o‘rnatilgan. Terror xarakteriga ega og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bizda yo‘q", — deb aytgan Qodirov Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda.

Checheniston rahbari Putinning barcha yo‘riqlari o‘z vaqtida bajarilayotganini ta’kidlagan holda, regionda dzudo sport turiga alohida e’tibor qaratilayotganini aytib, Putinni mashg‘ulotlarda ishtirok etishga taklif qilgan.

"Bajonidil boraman", — javob bergan Putin.

Yangiliklar lentasi
0