TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellega 2016-yilning 24-avgust kuni mazkur mamlakatning markaziy qismida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayrongarchiliklarga sabab bo‘lgan kuchli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etilgan maktub yo‘lladi, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 24-avgust kuni Italiya markaziy qismida kuchli (6.0 magnitudali) zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat natijasida 267 kishi qurbon bo‘lgan. Bedarak yo‘qolganlarning aniq soni ma’lum emas. Zilzila butun boshli shaharni vayron qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga muvofiq, yer silkinishi tufayli Italiyada tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan 293ta bino vayron bo‘lgan. Bu haqda bugun Italiya Madaniyat vaziri Dario Francheski bayonot qildi.