TOShKENT, 24 avg — Sputnik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Italiyada yuz bergan zilzila oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, seysmologlar yana kuchli zilzila bo‘lish ehtimolini aytishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.
Magnitudasi 6 ballga teng dastlabki yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 03.36da yuz bergan. Zilzila o‘chog‘i Riyeti provinsiyasidagi Akkumoli shahri yaqinida yer yuzasidan to‘rt kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Amatriche shahrida ham yer silkinishi natijasida ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. Oradan bir soat o‘tgach Umbriya provinsiyasida 5,4 balli ikkinchi zilzila yuz bergan. Yer silkinishi Italiyaning qator shaharlarida, jumladan Rim va Bolonyeda ham sezilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida uchta — Askoli Picheno, Fermo va Macherata provinsiyalarida vayrongarchilik yuz bergan.
Qurbonlar soni oshib bormoqda. Dastlab olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingan bo‘lsa, keyinroq bu raqam 14taga yetdi. Mahalliy OAVlarning oxirgi ma’lumotlariga qaraganda, zilzila oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan. Yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Italiyadagi zilzila bir nechta shaharni xarobaga aylantirdi
14:06 24.08.2016 (yangilandi: 14:12 24.08.2016)
© REUTERS/Remo Casilli Italiyadagi zilzila
© REUTERS/Remo Casilli
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Italiyada yuz bergan zilzila oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, seysmologlar yana kuchli zilzila bo‘lish ehtimolini aytishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.