Qobuldagi Amerika universitetiga hujum uyushtirildi: qurbonlarning asosiy qismi talabalardir

© REUTERS/Omar SobhaniQobuldagi universitetga hujum uyushtirildi
Qobuldagi universitetga hujum uyushtirildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha bir guruh qurollangan shaxslar Afg‘oniston poytaxtida joylashgan oliygohga hujum uyushtirgan. Hujumdan o‘n soat o‘tgach ikki jangari yo‘q qilingan.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Qobulda joylashgan Amerika universitetiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 taga yetdi, shuningdek, 44 kishi jarohat olgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyterdan olingan ma’lumot asosida.

Afg‘oniston huquqni muhofaza qilish organi vakili Faridun Obaydining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning yetti nafari talabalardir, bundan tashqari uch nafar politsiyachi va ikki posbon hujum qurboniga aylanganlar.

Yaralanganlarning katta qismi — 35 nafari — universitet talabalari.

Afg‘on jangchilari va Islom davlati jangarilari to‘qnashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
Xabarda ma’lum qilinishicha, bir guruh qurollangan shaxslar kuni kecha Afg‘oniston poytaxtida joylashgan oliygohga hujum uyushtirgan. Oradan o‘n soat o‘tgach ikki jangari yo‘q qilingan.

Shu paytga qadar birorta terrorchilik uyushmasi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan emas.

So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistondagi vaziyat ancha yomonlashgan. Ilgarilari mamlakatning qishloq joylarida kattagina hududni egallab olgan "Tolibon"lar yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, Afg‘onistonda, keyingi paytlarda "Islom davlati" ta’siri ham ortib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0