Italiyadagi yer qimirlashi qurbonlari soni 38 kishiga yetdi

Obuna bo‘lish
Bir necha o‘nlab kishilar haligacha qulagan uylar ostida qolmoqda, yuzlab odamlar daraksiz yo‘qolganlar ro‘yxatida. Hukumat xabariga ko‘ra, qurbonlar soni hali o‘sishi mumkin.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Bugun Italiyada sodir bo‘lgan kuchli yer qimirlashi qurbonlari soni 38 kishiga yetdi, deb xabar qildi Italiya Fuqaro himoyasi xizmatining matbuot kotibi Immakolata Postilone.

Postilonening so‘zlariga qaraganda, ayni damda yuzlab kishilar daraksiz yo‘qolgan, qurbonlar soni hali o‘sishi mumkin.

Italiyadagi zilzila - Sputnik O‘zbekiston
Italiyadagi zilzila bir nechta shaharni xarobaga aylantirdi

Xabarlarga ko‘ra, 6,0 balli birinchi yer osti silkinishi tungi soat 03:36 da sodir bo‘lgan (Toshkent vaqti bilan 06:36). Yer qimirlashi episentri Riyeti viloyatidagi Akkumoli shahri yaqinida, yer yuzidan taxminan to‘rt kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Ushbu silkinishlar natijasida Amatriche shahrida ham kuchli vayrongarchiliklar sodir bo‘lgan. Magnitudasi 5,4 ball bo‘lgan ikkinchi silkinish  tong soat 04:34da Umbriya viloyatida sodir bo‘lgan. Undan tashqari Rim va Bolonye shaharlarida ham yer silkinish holatlari kuzatilgan. Tarqatilayotgan xabarlarga ko‘ra, Askoli Picheno, Fermo viloyatlarida hamda  Marke viloyatining Macherata shaharchisida ham vayronagarchilik yuz bergan.

Yer qimirlashi markazidan 2 km smasofada joylangan Akkumoli shaharchasi binolarning yarmi buzilib ketgan, juda ko‘p odamlar uylar va devorlar siniqlari ositida qolgan, deb xabar qildi jurnalistlarga shahar meri Stefano Petruchchi.

 

Yangiliklar lentasi
0