OAV: Turkiya maxsus xizmatlari IDning yangi nishonlari ro‘yxatini qo‘lga kiritdi

© REUTERS / Osman OrsalGaziantep, 21-avgust 2016-yil
Gaziantep, 21-avgust 2016-yil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Islom davlati” (ID, faoliyati Rossiyada taqiqlangan) terrorchi guruhining jangarilari Turkiyada, shuningdek, Antalyaning sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan tungi klublarda ko‘plab terrorchilik xurujlari amalga oshirishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. “Islom davlati” terrorchi guruhining jangarilari Turkiyada, shuningdek, Antalyaning sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan tungi klublarda ko‘plab terrorchilik xurujlari amalga oshirishni rejalashtirgan. Buni 2015-yildagi Anqaradagi portlash tashkilotchisining uyidan topilgan hujjatlar tasdiqlaydi, deb xabar berdi RIA Novosti Cumhuriyet gazetasiga asoslanib.

Turkiya bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada bir qator teraktlar amalga oshirilishi mumkin
Maxsus xizmat xodimlari qator teraktlar, xususan Anqara vokzalidagi terrorchilik harakati tashkilotchisi Yunus Durmazning kompyuteridagi hujjatlarni qo‘lga kiritishdi. “Islom davlati”ning jangarisi may oyida politsiya operatsiyasi chog‘ida o‘zini portlatib yuborgandi. Terrorchilar nishoni ostidagi ro‘yxatda shanba kuni portlash sodir etilgan Gaziantepdagi  to‘yxona ham bo‘lgan.

Terrorchilar birinchi navbatdagi nishon sifatida Turkiya janubi-sharqi va O‘rtayer dengizi sohilidagi alaviylar qishloqlarini, so‘l partiyalar va xalqlar demokratiyasi partiyasi majlislarini qayd etgan, deyiladi gazeta xabarida. Rotary International xalqaro nohukumat tashkilotining klublari ham zarba ostida qolishi mumkin.

Nashrning xabariga ko‘ra, jangarilar kamida ming kishini bag‘riga sig‘dira oladigan Antalyadagi tungi klublarni ham nishon sifatida ko‘rishmoqda. Ular muassasalardan birining qo‘riqlash xizmatini yo‘q qilish, so‘ngra hudkushning o‘zini portlatishini uyushtirishni rejalashtirishgan.
Gazeta shuningdek, jangarilar kamida 150 kishini Turkiyada teraktlar amalga oshirish uchun tayyorlashganini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0