Turkiyada bir qator teraktlar amalga oshirilishi mumkin

© RIA Novosti Andrey SteninTurkiya bayrog‘i.
Turkiya bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyadagi AQShga qarashli obyektlarda, shuningdek, mamlakatning diqqatga sazovor joylarida DAISh terrorchilari tomonidan bir qator teraktlar amalga oshirilishi mumkin, ta’kidlamoqda MRB(SRU) va Turkiya razvedka xizmati.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Turkiya va AQSh Havfsizlik xizmati xodimlari DAISh jangarilari Turkiyadagi AQShga qarashli bir qator obyektlar: AQSh konsulligi, elchixonasi, qarorgohlar, harbiy bazalarda teraktlar sodir etishni rejalashtirishmoqda, RIA Novosti Hurriyet gazetasi ma’lumoti asosida.

Teraktlar, shuningdek, Turkiyaning diqqatga sazovor joylarida ham amalga oshirilishi mumkin.

Vzriv v stolitse Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaning Ankara shahrida shanba kuni kuchli portlashlar yuz berdi

Turkiya hukumati, hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan besh nafar DAISh jangarilarining to‘liq ismini keltirgan holda 2 va 5-dekabr kunlari o‘z fuqarolarini ogohlantirgan. Teraktlar Turkiya hududiga yashirincha yo‘llar bilan kirib kelgan uch nafar falastinlik tomonidan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Turkiya politsiya Bosh departamenti mamlakatdagi barcha departament bo‘linmalarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0