TOShKENT, 23 avg — Sputnik. "Jamoatchilikning AQSh Boltiqbo‘yi mintaqasini tark etishi haqidagi havotirlari asossiz", — deb bayonot qilgan Jo Bayden mintaqa rahbarlari bilan o‘tgan uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh vitse-prezidenti seshanba kuni Rigaga rasmiy tashrif uyushtirgan edi.
"AQSh Boltiqbo‘yi mintaqasidan allaqanday tarzda yo‘qolishi haqidagi havotirlar chindan ham asossiz", — deya takrorlagan Bayden.
Siyosatchi shuningdek,J NATO tez orada bu mintaqada o‘z harbiylari sonini ko‘paytirishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan.
Boltiqbo‘yi mamlakatlari 2004-yildan buyon NATOga a’zo-mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan.