Qirg‘iziston o‘zbek diplomatlarini qo‘lga olingan militsioner yoniga qo‘ymayapti

© Sputnik / Yegor YeremoChegarachilar xizmatda
Chegarachilar xizmatda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olish bilan bog‘liq hodisa 13-avgust kuni Kosonsoy suv ombori hududidagi tumanda yuz bergan.

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Qirg‘iziston rasmiylari, ularga qayta-qayta murojaat qilinganiga qaramay, shu vaqtga qadar Qirg‘iziston kuch ishlatish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi A. Tojiboyev yoniga o‘zbek diplomatlarini qo‘ymayapti, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga vaziyat bilan yaxshi tanish manba.

Qirg‘iziston maxsus kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston spesnazi O‘zbekiston chegarasida navbatdagi provokatsiya uyushtirdi
O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlash bilan bog‘liq hodisa Kosonsoy suv ombori hududidagi tumanda, 13-avgust kuni ro‘y bergan.

Qirg‘iziston IIV "Chayon" maxsus kuchlari otradi qurol bilan tahdid qilgan holda O‘zbekiston respublikasiga tegishli suv xo‘jaligi obyektini qo‘riqlayotgan Kosonsoy IIBB xodimini qo‘lga olgan va o‘z hududiga majburan olib ketgan.

"O‘zbekiston tomon hozirga qadar o‘z fuqarosining salomatligi, ushalb turish sharoiti va holati haqida xabardor emas. Qirg‘iziston rasmiylari qabul qilingan umumxalqaro munosabatlar amaliyoti, xalqaro huquq normalari, insoniylik tamoyillarini pisand etmasliklarini yana bir borko‘rsatib o‘tdilar", — deya ta’kidladi manba.

Yangiliklar lentasi
0