Qirg‘iziston spesnazi O‘zbekiston chegarasida navbatdagi provokatsiya uyushtirdi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston maxsus kuchlari
Qirg‘iziston maxsus kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston harbiylari o‘zbek militsionerlari oyog‘i ostiga o‘q otib, ular qo‘riqlayotgan suv omboriga kirishga urindi.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Ushbu yilning 13-avgust kuni ertalab to‘rt nafar Qirg‘izistonning “Chayon” maxsus guruhi(spesnaz) askarlari o‘zbek-qirg‘iz chegarasida joylashgan suv omborining “Damba-5” postiga kelib, u yerni qo‘riqlayotgan Namangan viloyati  Kosonsoy tumani IIB xodimlariga po‘pisa qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri, Namangan viloyati IIB vakili xabariga asosan.  

Qirg‘iziston harbiylari suv ombori Qirg‘izistonga tegishli  deb, uning hududiga o‘tishga urinishgan. Militsiya xodimlaridan rad javobi olgach, militsionrelar qo‘rqitish maqsadida “Chayon”chilar  avtomatdan yerga o‘q uzgan.

“Lekin o‘zbek militsionerlari qo‘rmagan. Qirg‘iziston tomonidan ushbu provokatsiya kutilgan hol edi. Ushbu “tadbir” maxsus qo‘riqlanadigan obyektga qurolli hujum qilinganda,  Kosonsoy  militsiya xodimlari qanday hatti-harakat qilishini o‘rganish uchun qilingan”, — deydi manbaa.

Uning so‘zlariga qaraganda qirg‘iz spesnazchilari bir o‘zbek militsiya xodimini o‘z hududiga olib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligining “Chayon” maxsus otradi (spesnaz) ushbu yilning mart oyidan boshlab Qirg‘iziston ichkarisida joylashgan, O‘zbekiston anklavi – O‘rta-To‘qay qishlog‘i aholisini majburiy ushlab turibdi. U yerda O‘zbekiston fuqarolari yashaydi.    

Ushbu vaziyat tufayli qishloq aholisi besh oydan beri O‘zbekistonning asosiy hududiga kela olmaydi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy yordamga muhtoj. Qirg‘iziston tomoni qishloq aholisi uchun hatto gumanitar koridor tashkil qilishdan ham voz kechmoqda.

Ba’zi-ba’zida qishloqqa fuqaro kiyimida odamlar kelib O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘iziston fuqaroligini qabul qilishni va bu jarayonni tez va ortiqcha rasmiyatchiliksiz amalga oshirishni va’da bermoqdalar. Ushbu hatti-harakatlar qishloq va unga qarashli bo‘lgan suv ombori ustidan keyinchalik Qirg‘iziston hokimiyatini o‘rnatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ayni damda ushbu voqeaga Qirg‘iziston tomonidan sharh berilmadi.

Yangiliklar lentasi
0