TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Gretsiya hukumati mamlakatga vertolotda qochib o‘tgan turk harbiylariga boshpana berish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti Frans Press agentligi xabariga tayanib.
Agentlikning xabar berishicha, sakkiz turk harbiylaridan dastlabkisini tergov qilish juma kuni boshlangan. Kapitan Faridun Choban ertalab Afinadagi boshpana berish xizmatiga keltirilgan. Qolgan harbiylar dushanba kunidan boshlab so‘roq qilinishi haqida xabar berilmoqda.
Gretsiya boshpana berish xizmatining ma’lum qilishicha, harbiylarga nisbatan yakuniy qaror “ikki yoki uch oy” ichida qabul qilinmaydi.
Ilgariroq Aleksandrupolis shahri sudi harbiylarga Gretsiyaga noqonuniy ravishda kirib kelishgani uchun shartli hukm chiqargandi. Biroq siyosiy boshpana berish haqidagi qaror chiqarilguniga qadar ular ma’muriy hibsda ushlab turilgandi. Turkiya hukumati harbiylarning topshirilishini kutayotgani haqida bir necha bor bayonot berdi. Yaqinda rasmiy Afina Turkiya adliya vazirligidan harbiylarni topshirish haqida so‘rovnoma olinganini ta’kidladi.