Turkiyadagi harbiy isonda 246ta BTR va 74ta tankdan foydalanilgan

© REUTERS / /Murad SezerTurkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Qurolli Kuchlari mamlakatda sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish yuzasidan bayonotni e’lon qildi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Turkiyada sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashgan isonchilar soni ma’lum bo‘ldi: unda 8,7 ming harbiy ishtirok etgan, bu mamlakat armiyasining 1,5 %ni tashkil qiladi, deb xabar qilgan NTV telekanalidan olingan ma’lumotlar asosida RIA Novosti.

Turkiya Qurolli Kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinishda AQShda istiqomat qiluvchi muxolifat islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulen guruhiga aloqador bo‘lgan8 651 nafar harbiylar ishtirok etgan.

Ison davomida uchta kema, 74ta tank, 246ta BTR, 3992 dona qurol-aslahalar ishlatilgan. Shuningdek, 35ta samolyot va 37 ta vertolotlardan foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya armiyasi NATOda son jihatdan ikkinchi o‘rinda turadi.

Yangiliklar lentasi
0