Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi

© Facebook / Voditeli TashkentaToshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu safargi avtobus yonishi Markaz-5 massividagi “Jasorat” monumenti yonida yuz berdi. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Poytaxtda yana bir Mercedes-Benz Conecto LF avtobusida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bunday hodisalarga poytaxt aholisi shunchalik ko‘nikib qoldiki, ular bu tarzdagi xabarlarga jiddiy e’tibor bermay ham qo‘yishdi. Agar ilgarilari ijtimoiy tarmoqlar g‘azabnok izohlar, vaziyatni bartaraf qilish talabi bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu shunchaki navbatdagi holat, eng yomoni, birinchisi va oxirgisi emas, deb ta’kidlashmoqda aksariyat Facebook foydalanuvchilari.

Bu safargi avtobus yonishi Markaz-5 massividagi “Jasorat” monumenti yonida yuz berdi. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi, guvohlarning aytishlaricha, haydovchi va konduktor o‘t o‘chiruvchilar kelguniga qadar yong‘inni yong‘in o‘chirgich yordamida o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

 

© Facebook / Voditeli TashkentaToshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi

 

Mazkur avtobus ro‘yxatga olingan avtoparkdagi manbaning xabar berishicha, transport vositasi jiddiy talofat ko‘rmagan va tekshiruvlardan so‘ng tez kunlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi. “Toshshahartransxizmat” AKning rasmiy vakillari mazkur hodisaga hozircha hech qanday izoh berishmadi.

Janubiy vokzal oldida yonib ketgan avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yana yo‘lovchi avtobuslar yonib ketdi

Sputnik O‘zbekiston poytaxtda avtobuslarning yonib ketishi muammosi haqida bir necha marta yozdi. Yong‘inlarga asosan elektr simlarining qisqa tutashuvi, nokonditsion ehtiyot qismlardan foydalanish, mazkur avtobuslarning mahalliy sharoitlarga muvofiq kelmasligi sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda Mercedes-Benz avtobuslari o‘rniga kelajakda egallashi mumkin bo‘lgan MAN A 22SPG avtobuslari o‘rganib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0