TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Kecha kechqurun Toshkentda ikki Mersedes yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi, Nuz.uz xabariga asosan.
Nashr xabariga ko‘ra, ikkala yong‘inda ham jabrlanganlar yo‘q.
Janubiy vokzal yaqinida soat 19:00 atrofida Mersedes rusumli avtobus yonib ketdi. 8 yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan avtobus salonini yo‘lovchilar tashlab chiqib ketdi. Voqea o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam avtomobili tezda yetib kelib olovni o‘chirishdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida, Yashnaobod tumanida ham yana bir Mersedes avtobusi yonib ketdi. Xabarda aytilishicha, ikkinchi yongan avtobus haydovchisi tezkorlik bilan olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz Toshkent jamoat transporti shahar aholisiga va ma’muriyatiga turli noqulayliklar tug‘dirishda davom etmoqda. Yonib ketgan qimmatbaho avtobuslar, ko‘chada poyga uyushtirgan, jaziramada 20 minutdan odam to‘plagan va yo‘lovchilarni kaltaklagan avtobus haydovchilari va boshqa muammolar shular jumlasidan.