TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Elyazik shahrida amalga oshirilgan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, 217 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlar orasida 85 kishi — politsiya xodimlaridir, deb bayonot qildi payshanba kuni Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim. RIA Novosti xabari asosida.
Yildirim, shuningdek, so‘nggi hujumlardan so‘ng mamlakatda terror tahdidi darajasi oshganini e’lon qildi, deb xabar qilgan Reyter.
Bundan sal oldin Elyazig shahridagi politsiya bo‘linmasida ro‘y bergan portlash haqida xabar qilingan edi. OAVlarda berilgan xabarga ko‘ra, portlashlardan biri mamlakatda ta’qiqlangan Qurdlar Ishchi partiyasi terrorchilik tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan. Ammo QIP hozirga qadar bu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.