Turkiyada terakt yuz berdi: uch kishi halok bo‘lgan, 70 nafardan ziyodi jarohatlangan

© REUTERS/Umit BektasTurkiyada terakt sodir etildi
Turkiyada terakt sodir etildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Eron bilan chegaradosh hududida joylashgan politsiya bo‘linmasi yaqinida portlovchi moddalarga to‘la avtomobil portlatildi. Turkiya rasmiylari fikriga ko‘ra, terakt Qurdiston Ishchi partiyasi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Turkiya sharqiy qismida joylashgan Van viloyatida ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 70 nafardan ziyodi jarohaitlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kuni Turkiyaning Eron bilan chegaradosh qismida kecha portlovchi moddalarga to‘ldirilgan avtomobil portlatilgan.

Hujum obyekti sifatida politsiya bo‘linmasi olinganligi aytilmoqda.

"71 nafar jarohatlanganlar orasida uch kishining ahvoli juda og‘ir, yaralanganlarning 17 nafari politsiya xodimlaridir", — deb xabar qilgan Van viloyati "Adolat va taraqqiyot partiyasi" rahbari Zohir So‘g‘ond. Uning so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan. Mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida bir bolakay halok bo‘lgan.

Turkiya rasmiylari fikriga ko‘ra, terakt Qurdiston Ishchi partiyasi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan.

Qurdiston Ishchilar Partiyasi(QIP) — asosiy maqsadi qurdlar huquqlarini himoya qilish va Turkiyada qurd avtonomiyasini tashkil qilish da’vosi bilan chiqayotgan partiyadir. Anqara va Vashington partiyani terrorchi tashkilot deb biladi. Partiya rahbari Abdulloh O‘jalan 1999-yildan buyon umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda.

Yangiliklar lentasi
0