TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Vashingtom va Anqara munosobatlari yomonlashuvi sababli AQSh Turkiyada saqlanayotgan atom bombalarning bir qismini Ruminiyaga olib chiqishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.
Nashr xabariga ko‘ra, AQSh Turkiyadagi Injirlik aviabazasida saqlanayotgan atom bombalardan 20 tasini Ruminiyadagi Deveselu aviabazasiga olib o‘tishga qaror qilgan. Atom bombalar saqlash va transportirovka qilish uchun bir talay texnik sharoitlar talab qilingani tufayli, bu juda murakkab ish deb yozmoqda nashr, mutaxassislar fikriga tayanib.
Suriya chegarasidan 100 km masofada joylashgan Injirlik aviabazasida Sovuq urush davridan beri AQShning 50ta taktik atom bombasi joylashtirilgan edi. Yaqinda Turkiyada yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishda Turkiya rahbariyati AQShning ham qo‘li bor deb e’lon qildi va hatto Injirlik harbiy bazasi qo‘mondonini ham isonga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Injirlik aviabazasidan foydalanish vaqtincha ta’qiqlangan edi.
“Erdo‘g‘on o‘zining AQShga boshqa kerak emasligini yaxshi anglagan holda, amerikaga qarshi siyosat olib boradi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya va Eron bilan munosobatlarning yaxshilanishi ham kuzatilmoqda. Bularning hammasi bir kun kelib Turkiyaning AQSh bilan harbiy aloqalarni to‘liq uzish va NATOdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham amerikaliklar o‘z qurollarini gapga yaxshiroq kiradigan Ruminiyaga olib o‘tmoqda”, — deydi, Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti general-polkovnik Leonid Ivashov.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada bo‘lib o‘tgan harbiy isondan keyin bir qator ekspertlar Injirlik harbiy bazasida AQSh tomonidan atom bombalari saqlanishi dunyo xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi ham aytib o‘tishgan edi.