TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Birinchi Nexia R3 sedan partiyasi O‘zbekistondan Rossiyaga o‘tgan hafta oxirida yuborildi, deb xabar qilmoqda Uz24.
Yangi modeldagi avtomobillar savdoda qachon paydo bo‘lishi hozircha xabar qilinmayapti. Nexia premyerasi taqdimoti "Moskva xalqaro avtomobillar saloni — 2016" marosimida bo‘lib o‘tishi ma’lum.
T250 platformasi bazasida ishlab chiqarilgan V sinfdagi sedan eski modeldagi "Nexia"ni almashtirgan edi. Rossiya avtomobil bozorida uning narxi 419-569 ming rublgacha.
Eslatib o‘tamiz, Ravon brendi taqdimoti 11-avgust kuni Ukrainada o‘tkazilgan edi.