TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Moskva rasmiylari AQSh Kuba ustidan savdo-iqtisodiy va moliyaviy embargoni olib tashlashiga umid qilmoqda, deya ta’kidladi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Perviy kanalga bergan intervyusida. RIA Novosti xabari asosida.
"Umid qilamanki, Vashington boshlagan ishini to‘xtatmaydi. Sababi, hozirda eng muhimi savdo-iqtisodiy va moliyaviy embargoni batamom olib tashlash. Mening nazdimda, butun boshli xalqlarga bosim o‘tkazish uchun iqtisodiy choralarni qo‘llash — bizning sivilizatsiya uchun sharmandalikdir. Fikrimcha, AQSh buni anglamog‘i lozim. Obama noqonuniy usullar bilan Kuba xalqi tanlovini o‘zgartirish — Amerika manfaatlarini jadallashtirolmaganini ma’lum qilgan edi. Shuning o‘zi ham tarixiy hodisadir", — deya bayonot qildi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning oxirida AQSh bir necha o‘n yillar davom etgan tanaffusdan so‘ng Kuba bilan diplomatik aloqalarni qayta tiklash haqida muzokaralarni boshlash niyatida ekanligini e’lon qilgandi. O‘tgan davr mobaynida ikkala davlat munosabatlari tiklandi, AQSh prezidenti Barak Obama Gavanada bo‘ldi. Rasmiy Vashington Kubaga qarshi e’lon qilingan ayrim sanksiyalarni biroz yumshatgan bo‘lsa-da, yarim asrdan buyon amal qilib kelayotgan savdo embargosi, avvalgidek, o‘z kuchini yo‘qotmagan.